APL, 16-tur. Sesk Fabregasning goli "Chelsi"ga 3 ochko keltirdi
Angliya Premer-ligasi 16-turida "Sanderlend" jamoasi o‘z maydonida turnir peshqadami "Chelsi"ni qabul qildi.
Anchagina murosasiz kechgan o‘yinda yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Sesk Fabregas tomonidan kiritilgan gol London klubiga g‘alaba keltirdi.
Sanderlend – Chelsi 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 40 Fabregas.
Sanderlend – Pikford, Kirxgoff (Larsson, 57), Kone, Djilobodji, Denayer, Djons (Lav, 59), Yanuzay, van Anxolt, O′Shi, Defo, Borini (Xazri, 82).
Chelsi – Kurtua, Keyxill, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes (Ivanovich, 90), Villian (Chaloba, 89), Kante, Pedro (Matich, 76), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Defo (43), O′Shi (45), Pedro (56), Borini (72), Mozes (90).

Fikrlar