APL. "Arsenal" ikki avtogol evaziga so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 14.12.2025 03:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 16-turida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arenal" o‘z uyida "VulverxEmpton"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
O‘yinning so‘nggi daqiqalari qiziqarli kechgan bellashuvda "kanonirlar" ikki avtogol evaziga g‘alabani ilib ketdi. 
 
Dastlab, o‘yinning 70-daqiqasida Sakaning burchakdan uzatga to‘pi Sem Jonstonga tegib, davoza to‘ridan joy oldi. Bellashuvning 90-daqiqasida esa Tolu Arokodare David Raya darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Lekin 90+4-daqiqada Yerson Moskera ham avtogol muallifi bo‘ldi va londonliklarning g‘alabasini ta’minladi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
19.png

Arsenal

  • Sam Johnstone 70'
  • Yerson Mosquera 90'
Tugadi
2 : 1

14.12.2025 01:00

29.png

Vulverhempton

  • Tolu Arokodare 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!