
APL. "Arsenal" MYuni taslim eta olmadi, "Liverpul" bilan farq 15 tani tashkil etmoqda
APL 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
1-taym tugashi arafasida Bruno Fernandesh jarima zarbasidan supergol urib hisobni ochgan bo‘lsa, Deklan Rays 74-daqiqada farqni yo‘qqa chiqardi.
Ayni vaqtda "Arsenal" hisobida 55 ochko bor. Ular peshqadam "Liverpul"dan 15 ochko ortda bormoqda.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar