Asosiy mazmunga oʻtish

APL. «Bornmut» safarda «Manchester Yunayted»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» oʻz maydonida «Bornmut»dan 0:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Angliya Premier-ligasining 8-turida «Bornmut» safarda «Manchester Yunayted»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Rayan mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada Markus Tavernye «Bornmut»ning ustunligini oshirdi. 71-daqiqada Evanilson uchinchi golni kiritib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bornmut» ochkolari sonini 9 taga yetkazdi. «Manchester Yunayted» hisobida esa 7 ochko qoldi.

Keyingi turda «Bornmut» o‘z maydonida «Lids»ni qabul qilsa, mankunianliklar safarda «Chelsi» bilan bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q