
APL. Bruno qizil olgan o‘yinda "Manchester Yunayted" yana mag‘lub bo‘ldi
Biroz avval Angliya premer-ligasi navbatdagi turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem Xotspur" bahsi o‘z yakuniga etdi. Bruno Fernandesh asablarini jilovlay olmagan bellashuvda "qizil iblislar" yana mag‘lubiyatga uchradi.
Dastavval Brennan Jonson 3 daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Deyan Kulushevski oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 77 daqiqaga kelib, Dominik Solanke hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Yakuniy xisob yirik 0:3 "Tottenxem" foydasiga.
Mazkur g‘alabadan keyin London klubi o‘z ochkolari sonini 10 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Poytaxt jamoasi navbatdagi o‘yinini kuni 3 oktyabr kuni safarda "Ferentsvarosh"ga Evropa Ligasi doirasida qarshi o‘tkazadi.
"Mankunianliklar" esa, 7 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi. Erik ten Xaag shogirdlarining keyingi bahsi esa, 4 oktyabr sanasida "Portu"ga qarshi Evropa Ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar