
APL. "Chelsi" o‘ziga o‘xshamoqda
APL 27-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Chelsi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "aristokratlar" 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
London klubi safida Chiluell, Xaverts hamda Kovachich gol urgan bo‘lsa, "tulkilar"ning yagona goli Daka hisobiga yozildi.
Ochkolari sonini 37 taga etkazib olgan "aristokratlar" APL turnir jadvalida 10-o‘rinni band etib turibdi. 24 ochkosi bor "Lester" 16-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar