APL David Luizga ko‘rsatilgan qizil kartochkani o‘z kuchida qoldirdi

  • 04.02.2021 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" APLning 22-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga (1:2) qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan himoyachisi David Luiz masalasida bahslashishni rejalashtirgan edi.

Tecno

Ammo premer-liga rahbariyati Luizning qizil kartochkasini o‘z kuchida qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Hakamlar guruhi Luiz ataylab, o‘z jarima maydonchasida oxirgi chora qoidasini buzgan, deb hisobladi. Uchrashuv bosh hakami Kreyg Pouson ushbu qo‘pollikni penalti belgilash va o‘yinchini chetlatish uchun etarli, deb hisobladi.

"Arsenal" esa, Luizning harakatlarini qo‘pol emasligini ta’kidlab, himoyachiga nisbatan berilgan jazodan qochishga harakat qilmoqchi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!