APL. Dramatik kechgan oʻyinda “Liverpool” ochko yoʻqotdi
Улуғбек Хошимов
Uchrashuv yakunlandi.
APLning 20-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda “Fulxem” “Liverpul”ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi. O‘yinning 17-daqiqasida Harri Uilson gol urib mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada Florian Virts muvozanatni tikladi 1:1. Asosiy vaqtda qo‘shib berilgan 4-daqiqada Gakpo “qizillar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Harrison Rid super goli bilan hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi va har ikki jamoa ham hisobiga 1 ochkodan qo‘shib qo‘ydi.
Izohlar (0)