
APL. "Everton" kutilmaganda o‘z maydonida 15-o‘rindagi "Byornli"ga yutqazib qo‘ydi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Everton” hamda “Byornli” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
“Gudison Park”da kechgan bellashuv kutilmaganda 1:2 hisobida “irischilar”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. “Byornli”ga g‘alaba keltirgan gollarga Kris Vud (13') va Duayt Maknil (24') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Everton”ning yagona golini Dominik Kelvert-Lyuin (32') kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Byornli” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 33 taga etkazib oldi va o‘zi egallab turgan 15-o‘rinni mustahkamlab oldi. “Everton” esa 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi va 6-o‘rinda qoldi. Karlo Anchelotti jamoasi hisobida 46 ochko mavjud.
Fikrlar