
APL. "Everton" so‘nggi daqiqalarda gollar o‘tkazib, g‘alabadan mosuvo bo‘ldi va yana 3 ta bahs yakunlandi
Angliya Premer ligasining 24-turida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Aston Villa" va "Uotford" o‘zaro bellashgan bo‘lsa, "Bornmut" o‘z uyida "Brayton"ga qarshi bahs olib bordi va "Kristal Pelas" muxlislarining ko‘z o‘ngida "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi.
Bundan tashqari, o‘tgan turda "Chelsi"ni dog‘da qoldirgan "Nyukasl" klubi Karlo Anchelotti shogirdlariga qo‘shimcha daqiqalarda ikkita gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Fikrlar