APL. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda “Arsenal”ning qo'li baland keldi

  • 04.01.2026 00:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APLning 20-turidan o‘rin olgan “Bornmut” va “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Dastlab bellashuvning 10-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Evanilson tezkor gol bilan hisobga ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa vaqt o‘tib “to‘pchilar” himoyachisi Gabriyel Magalyayns hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 54 hamda 71-daqiqalarida Deklan Rays dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.  Bahsning 76-daqiqada “giloslar” hujumchisi Junior Krupi hisobni qisqartirishga erishdi. 

Bu g‘alabadan so‘ng Arteta shogirdlari ochkolar sonini 48 taga yetkazib olib, peshqadamlikni saqlab qoldi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
52.png

AFK Bornmut

  • Evanilson 10'
  • Eli Kroupi 76'
Tugadi
2 : 3

03.01.2026 22:30

19.png

Arsenal

  • Gabriel Magalhães 16'
  • Declan Rice 54'
  • Declan Rice 71'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!