
APL grandlari qiziqishlariga sabab bo‘lgan futbolchi "Borussiya"ga o‘tishi mumkin
"Birmingem" hujumchisi Jud Bellingxem faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sport Bild nashri xabariga ko‘ra, 16 yoshli futbolchi "Borussiya Dortmund"ga o‘tishni rejalashtirmoqda. Futbolchining taxminiy transfer narxi 35 million evroni tashkil qiladi.
Oldinroq, forvard uchun APL grand klublari MYu, "Chelsi", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar