
APL grandlari "Sanderlend" darvozaboniga ko‘z tikmoqda
Angliyaning “Liverpul” va “Everton” klublari “Sanderlend” darvozaboni Jordan Pikfordni o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.
Northern Echo nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, futbolchining transfer narxi 17 million funtga baholanmoqda. Shuningdek, ushbu futbolchiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish joiz, 23 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar