APL klubi "Barselona" hujumchisiga 15 mln evro taklif qilmoqchi
“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli Daniya terma jamoasi hujumchisi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Aniqrog‘i, unga “Brayton” qiziqib qolgan.
APL klubi Breytueyt uchun “Barsa”ga taxminan 15 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq “Brayton”da pul “Arsenal”ga Ben Uaytni sotganidan so‘ng bo‘ladi. Ushbu transfer “Brayton”ga 58 mln evro olib kelishi kutilmoqda.
Breytueytga APL varianti ma’qul kelmoqda. Unga shuningdek «Vest Xem» va «Vulverxempton» klublaridan ham qiziqishlar bor, biroq «Brayton» haqiqatga ancha yaqin.
Breytueytning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar