APL klubi "Manchester Siti" futbolchisiga 40 million yevro taklif jo'natdi
"Manchester Siti"ning norvegiyalik vingeri Oskar Bobb "Fulxem"ga o‘tishi mumkin. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" allaqachon London klubidan 40 million evrolik taklif olgan. Ayni paytda klub taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, dekabr oyidan beri Bobbni Dortmundning "Borussiya" klubi kuzatib bormoqda va u tez orada "Manchester Siti"ga taklif yuborish yoki yubormaslik masalasini hal qiladi.
Bu mavsumda 22 yoshli Bobb barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Vingerning ingliz grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar