APL klubi yangi murabbiyni tanishtirdi
Rob Edvards rasman "Vulverxempton"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. 42 yoshli mutaxassisning tayinlangani haqida "bo‘rilar" matbuot xizmati xabar berdi.
Edvardsning so‘nggi klubi hozircha "Midlsbro" edi. Avvalroq u uch yil davomida "Luton Taun"ni boshqargan va u bilan APLga yo‘l olgandi. Edvards 2016 va 2018-2019 yillarda "Vulverxempton" tizimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, "bo‘rilar" ayni damda APLning asosiy autsayderi bo‘lib turibdi. Klub joriy mavsumda hamon g‘alaba qozona olmayapti, ochkolar soni bor-yo‘g‘i ikkita, ettita gol va 25 ta o‘tkazib yuborilgan gol. 17-o‘rindan sakkiz ochko ortda qolmoqda.



Fikrlar