APL klublari «Manchester Siti»ga nisbatan qatʼiy jazo qoʻllanishini istamoqda

  • 06.10.2026 16:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL ichida «Manchester Siti» elit diviziondagi kelasi mavsumni to‘liq o‘tkazib yubormasligi haqida ishonch ortib bormoqda.

Angliya chempionatidagi boshqa klublar rahbarlari moliyaviy reglamentga qat’iy rioya etilishini talab qilmoqda. Ularning ta’kidlashicha, qoidabuzarliklar ko‘lami — 110 dan ortiq band — klubni ligadan chiqarib yuborishni talab qiladi. Shuning uchun bir yillik ramziy jazo yetarli emas, deb hisoblanmoqda.

Sport nuqtai nazaridan tashqari, klub rahbarlari bu holat APL brendi nufuziga jiddiy zarar yetkazishidan ham xavotirda.

Moliyaviy tergovlar davom etayotgan bir paytda Enzo Mareska boshchiligidagi jamoa Angliya chempionatida yetakchilik qilmoqda. «Chelsi» 5 ta turdan so‘ng 15 ochko jamg‘argan.

«Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlik haqidagi ayblovlar tufayli mojaro markazida qolmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mojaroli holatlardan biri Roberto Manchinining maoshi bilan bog‘liq. Italyan mutaxassisining «Siti»dagi rasmiy maoshi yiliga 1,45 million funtni tashkil etgan. Biroq u klub egasi shayx Mansurga tegishli «Al-Jazira»da «maslahatchi» sifatida qayd etilgani uchun qo‘shimcha ravishda 1,75 million funt olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!