
APL. "Liverpul" kutilmaganda yutqazdi. "Tottenxem" ishonchli hisobda zafar quchgan bo‘lsa, "Chelsi" nursiz durang o‘ynadi
Angliya Premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan bir necha bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Bu turda "Livurpul" kutilmaganda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlab 14-daqiqada Makkalister hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Sesenon hisobni tenglashtirdi. Shu bilan birga, birinchi bo‘limning 32 va 37-daqiqalarida Ivobi va Muniz oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida Luis Dias hisobni qisqartirdi.
Londonning "Tottenxem" klubi o‘z uyida "Sautgempton"ni qabul qilib, 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuvning 13 va 42-daqiqalarida Jonson dubl qayd etib, o‘yin masalasini hal qildi. Shunday bo‘lsa ham 90-daqiqada Fernandes hisobni qisqartirdi va so‘nggi daqiqalarda penaltidan Tell hisobni yana 2 taga etkazib qo‘ydi.
Bundan tashqari, Entso Mareska boshchiligidagi "Chelsi" "Brentford" bilan kuch sinashib, 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Fulhem
- Ryan Sessegnon 23'
- Alex Iwobi 32'
- Rodrigo Muniz 37'
06.04.2025 18:00

Liverpul
- Alexis Mac Allister 14'
- Luis Díaz 72'
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Tottenhem
- Brennan Johnson 42'
- Brennan Johnson 13'
- Mathys Tel 90'
06.04.2025 18:00

Southampton
- Mateus Fernandes 90'
Fikrlar