
APL. "Liverpul" qatorasiga ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
"Bremoll Leyn" stadionida kechgan uchrashuvda "qizillar" minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Jorjino Veynaldum tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, mavsum startidagi barcha bahslarda g‘alaba qozongan Yurgen Klopp jamoasi yuz foizlik (21 ochko) natija bilan peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘ldi. 8 ochkosi bor "Sheffild" esa turnir jadvali ekvatoridan joy olgan.
Fikrlar