
APL. "Manchester Siti" mavsum debyutantini "yanchib tashladi", Xolanddan xet-trik
APL 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "shaharliklar" yirik 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Gvardiola shogirdlari safida Erling Xoland xet-trik qilgan bo‘lsa, Joau Kanselu hamda Xulian Alvares o‘z nomini bir martadan tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Siti" ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 4 ochkosi bor "Nottingem" 14-o‘rinni band etgan.
Fikrlar