Asosiy mazmunga oʻtish

APL. "Manchester Siti" o‘z uyida autsayder bilan jangovar durang o‘ynadi. Husanov zahiradan o‘yinga qo‘shildi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Bellashuv oʻz nihoyasiga yetdi

Angliya Premier-ligasining 29-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Bellashuvning 31-daqiqasida Semenyo "shaharliklar" safidagi 7-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "Siti" 56-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Morgan Gibbs-Uayt tovoni bilan chiroyli gol muallifi bo‘ldi. 
 
62-daqiqaga kelib "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan Rodri jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni ispaniyalik yarim himoyachi boshi bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. "Nottingem Forest" ikkinchi marta ham ortda qola turib hisobni tenglashtira oldi 2:2. 
 
Bu orqali manchesterliklar ochkolarini 60 taga yetkazib oldi va "Arsenal" bilan farq 7 ochkogacha oshdi. Londonliklar bu turda "Brayton"ni minimal hisobda yengdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q