APL. "Manchester Siti" Xolandning dubli evaziga "Bornmut"ni taslim etdi. Husanov esa qaydnomaga ham kiritilmadi
Angliya Premer-ligasining 10-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z uyida "Bornmut"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, uchrashuvning 17-daqiqasida Erling Xoland hisobni ochdi. 25-daqiqada esa Tayler Adams oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 33-daqiqaga kelib norvegiyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. Uning ikki goliga esa Rayan Sherki assistentlik qildi. Shuningdek, to‘qnashuvning 60-daqiqasida Niko O‘'Rayli "shaharliklar"ning uchinchi goliga mualliflik qildi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Siti
- Erling Haaland 17'
- Erling Haaland 33'
- Nico O'Reilly 60'
Tugadi
3
:
1
02.11.2025 21:30
AFK Bornmut
- Tyler Adams 25'



Fikrlar