APL. "Manchester Yunayted" safarda "Lids" bilan ochko bo'lishdi
Angliya Premier-ligasining 7-turidan o‘rin olgan «Lids» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvda jamoalar bittadan gol urishdi. 35-daqiqada Brayan Mbeumo mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 51-daqiqada Dominik Kalvert-Lyuin «Lids»ga durangni taqdim etdi.
Shu tariqa, «Lids» ochkolarini 10 taga yetkazib, Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. G‘alabasiz seriyasi oltita o‘yinga yetgan «Manchester Yunayted» esa 7 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Fikrlar