APL. "Manchester Yunayted" yana qimmatli ochkolarni yo‘qotdi
Angliya Premier-ligasining 20-turida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" safarda "Lids" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida Brenden Eronson mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Mateus Kunya tezkor javob berishga muvaffaq bo‘ldi va "qizil iblislar"ga 1 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, manchesterliklar ushbu bahsdagi 1 ochko orqali ochkolar sonini 31 taga yetkazib olib, "Chelsi"ni (30) quvib o‘tdi. "Aristokratlar" bu turdagi o‘z uchrashuvini bir necha daqiqadan so‘ng "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Leeds United
- Brenden Aaronson 62'
Tugadi
1
:
1
04.01.2026 17:30
Manchester Yunayted
- Matheus Cunha 65'

Fikrlar