apl. shimoliy london derbisida kuchlar teng keldi

  • 2 mart, 2019, 19:26
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Uembli"  stadionida kechgan Shimoliy London derbisi tomoshabop tarzda o‘tdi va yakunda kuchlar teng keldi - 1:1.

Tecno

Dastavval 16-daqiqada Aaron Remzi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Xarri Keyn o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va muvozanatni tikladi.

Uchrashuv so‘nggida esa Per-Emerik Obameyang penaltini golga aylantira olmaganini qo‘shimcha qilish joiz.

Natijada "Tottenxem" hisobidagi ochkolar soni 61 taga etdi va jamoa hamon 3-o‘rinda bormoqda. "Arsenal" esa 57 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ronaldo Junior
02/03/2019 19:27
шпорлар олға