
APL. Torres xet-trik qilgan bahsda "Manchester Siti" mehmonda "Nyukasl" ustidan zafar quchdi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Nyukasl” hamda “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 3:4 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Manchester Siti” safida Ferran Torres (42', 63', 66') xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Juan Kanselu (39') mualliflik qildi. “Nyukasl”ning gollarini Emil Kraft (25'), Joelinton (45') va Jo Uillok (62') kiritdi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 83 taga etkazib oldi. “Nyukasl” esa 16-o‘ringa tushib ketdi. “Qarg‘alar” hisobida 39 ochko bor.
Fikrlar