APL. Van Deykning dubli "Liverpul"ga 13-g‘alabani keltirdi
Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Liverpul" bu tur o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Virjil van Deyk tomonidan kiritilgan ikki golga mehmonlar safida Lyuis Dank bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Fikrlar