APL yulduzi uchun 50 million evro beramiz!

  • 23 dekabr, 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” rahbariyati tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, jamoaga mos o‘yinchini Angliya Premer-ligasidan topdi.

Tecno

Fichajes xabariga ko‘ra, myunxenliklar “Manchester Yunayted” sardori va pleymeykeri Brunu Fernandeshni nishonga olgan.

Bundesliga grandi qarorgohida Fernandesh jamoaga ideal tarzda mos tushadi va asosiy o‘yinchilardan biriga aylanadi, deb hisoblashmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, “Bavariya” Fernandesh uchun taxminan 50 million evro miqdorida badal puli to‘lash taklifini tayyorlamoqda.

31 yoshli Brunu Fernandeshning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. Portugaliyalik yulduz manchesterliklar tarkibida olti yildan beri o‘ynab keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!