APL eng yomon yozgi transferlar o‘ntaligi aniqlandi
"Liverpul" klubining yangi a’zosi Florian Virts - Sports Illustrated talqiniga ko‘ra, APLdagi eng yomon yozgi transferi deb topildi. Sport jurnali o‘tgan yozda ingliz klublarining eng yomon transferlari reytingini tuzdi. Baholash mezoni yangi o‘yinchilarning mavsum boshida ishtirok etgan o‘yinlar bo‘ldi.
Kuchli o‘nlik quyidagicha:
1. Florian Virts ("Bayer"dan "Liverpul"ga 116 mln funt evaziga);
2. Milosh Kerkez (40 mln funt evaziga "Bornmut"dan "Liverpul"ga);
3. Jeymi Gittens ("Borussiya Dortmund"dan 51,5 mln funt evaziga "Chelsi"da);
4. Yoan Vissa ("Brentford"dan 55 mln funt evaziga "Nyukasl"ga);
5. Aleksandr Isak ("Nyukasl"dan "Liverpul"ga 125 mln funt evaziga);
6. Jeyms Trafford ("Byornli"dan 31 mln funt evaziga "Manchester Siti"ga);
7. Jan-Kler Todibo (32,8 mln funt evaziga "Nitstsa"dan "Vest Xem"ga);
8. Mads Xermansen (20 mln funt evaziga "Lester"dan "Vest Xem"ga);
9. Entoni Elanga ("Nottingem Forest"dan 55 mln funt evaziga "Nyukasl"ga);
10. Terno Barri ("Vilyarreal"dan "Everton"ga 27 mln funt evaziga).
Fikrlar