APLda mavsumdagi dastlabki iste’fo yuz berishi mumkin

  • 7 dekabr, 2020, 12:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Bromvich" "Kristal Pelas"ga (1:5) o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, klub rahbariyati bosh murabbiy Slaven Bilichni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Ingliz klubi direktorlar kengashi sport menejment bo‘limiga xorvatiyalik mutaxassisga o‘rinbosar qidirish ishlarini boshlash haqida buyruq bergan. Yaqin vaqtlar ichida Bilich iste’fosi va yangi murabbiyning tayinlanishi bir vaqtda e’lon qilinishi mumkin.

"Vest Bromvich" APL 11-turidan so‘ng 6 ochko bilan 19-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!