APLda standart vaziyatlar hal qiluvchi omilga aylanmoqda

  • 28.03.2026 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida standart vaziyatlardan foydalanish asosiy tendensiyaga aylandi. Ayniqsa, "Arsenal" bu usulni g‘alaba keltiruvchi qurol sifatida samarali qo‘llamoqda.

Mavsum davomida kiritilgan 845 ta goldan 230 tasi (27 foiz) aynan standart vaziyatlardan urilgan (penaltilar hisobga olinmagan).

"Lids" va "Tottenxem" bu borada eng yuqori ko‘rsatkichga ega — ularning gollarining 35 foizi standart vaziyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

"Arsenal" esa 61 ta gol urgan bo‘lib, shulardan 21 tasi (34 foiz) standart vaziyatlardan kiritilgan.

Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Deklan Raysning joriy mavsumdagi 9 ta golli uzatmasidan 6 tasi aynan standart holatlarda amalga oshgan. Ris Jeyms ham 6 ta assist qayd etgan bo‘lib, ularning 5 tasi standart vaziyatlardan kelib chiqqan.

Mutaxassis Robinsonning fikricha, aynan shu jihat Angliya terma jamoasi uchun Jahon chempionatida hal qiluvchi ustunlikka aylanishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, jamoadagi baland bo‘yli va kuchli futbolchilar — Den Byorn, Xarri Maguayr, shuningdek hujumda Xarri Keyn va Dominik Kalvert-Lyuin kabi o‘yinchilar havodagi kurashlarda katta xavf tug‘diradi.

Robinsonga ko‘ra, bosh murabbiy Tomas Tuxel amaliy va realist mutaxassis sifatida standart vaziyatlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi va bu quroldan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!