APLda yana bir iste’fo “pishyapti”

  • 02.12.2025 07:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan dam olish kunlarida “Lids” futbolchilari safarda “Manchester Siti” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilganiga qaramay, baribir uchrashuvni 2:3 hisobida boy berdi.

Angliya Premer-ligasida murabbiy iste’fosi sodir bo‘lishi mumkin. The Guardian nashrining xabar berishicha, “Lids” bosh murabbiyi Daniel Farke vazifasidan ozod etilishi ehtimoli oshib bormoqda.

Bu Daniel Farke shogirdlari uchun Angliya Pemer-ligasining oxirgi ettita o‘yinidagi oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyatining sabri tugayotgani aytilmoqda. Ayrim rahbarlar murabbiyni himoya qilsa-da, unga yaqin orada iste’fo xavfi bor.

“Lids”ni oldinda “Chelsi” (3 dekabr) va “Liverpul” (6 dekabr) kabi qudratli jamoalarga qarshi uy o‘yinlari kutmoqda. Agar jamoa bu favoritlarga yutqazsa, Farke lavozimidan ozod etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!