APLda yangi mavsum qachon boshlanishi va qachon tugashi e’lon qilindi

  • 25 mart, 2021, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi rasmiy saytida yangi 2021/22 yilgi mavsumning boshlanish va tugash sanalari e’lon qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra, APLda yangi mavsum 2021 yilning 14 avgustida boshlanib, 2022 yilning 22 may kuni yakunlanadi.

Ko‘pgina jamoalar uchun bunday start mavsumoldi tayyorgarligini to‘liq o‘tkazish imkoniyatini beradi. Ammo, yozda bo‘ladigan “Evro-2020” va undan keyingi Tokio Olimpiadasi futbolchilarning tayyorligiga ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum koronavirus pandemiyasi tufayli odatdagidan kechroq boshlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!