
APLning Bundesligadan qanday farqi bor? Timo Verner bu savolga javob berdi
"Chelsi" forvardi Timo Verner yangi chempionatga qanday moslashayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Sizning transferingiz uchun qancha pul sarflangani muhim emas. Yangi jamoada har doim qandaydir bosim bo‘ladi. Men bu vaziyatdan yaxshi chiqib ketyapman, deb o‘ylayman. Bu men uchun yangilik emas.
Ha, bosim avvalgiga qaraganda biroz yuqori. Ammo mening fikrimcha, bosim faqat yaxshi o‘yinchilarni kuchaytiradi.
Premer-liganing Bundesligadan biroz farqi bor. Angliya men tasavvur qilganimdan qiyinroq ekan. Masalan, jismoniy kurashlar Germaniyaga qaraganda kuchliroq. Men buni kutgandim, lekin bu darajada deb o‘ylamagandim”, - dedi germaniyalik futbolchi.
Verner “Chelsi” safiga joriy yozgi transferlar davrida “RB Leyptsig”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar