Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

APLning ikki yulduzi Saudiyaga ketadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Saudiya Arabistoni ligasi bir qator yulduz futbolchilarni qabul qilib oladi

Yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni ligasi bir qator yulduz futbolchilarni qabul qilib olishi ma'lum bo‘ldi.

"The Touchline" nashrining xabar berishicha, Angliya Premier-ligasining nomi ochiqlanmagan, "juda yirik ikki futbolchisi" Arab futbolida faoliyatini davom ettiradi. Gap aynan qaysi futbolchilar haqida ketayotganiga keltirilmagan. Ko‘plab muxlislar izohlarda  ulardan biri "Liverpul"ning misrlik forvardi Muhammad Saloҳ bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, ushbu futbolchilarning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqidagi e'lonlar Jahon chempionati boshlanishidan oldin berilishi mumkin. Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldу, Benzema, Mane kabi kabi  darajadagi futbolchilar to‘p surib kelmoqda.

Azizjon Abduvaliev

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q