APLning olti klubi Germaniyada porlayotgan oʻyinchi uchun "auktsion" boshladi
Germaniya Bundesligasida ishtirok etayotgan “Ayntraxt” klubi o‘ng qanot himoyachisi Nnamdi Kollins uchun Premier-liga klublari o‘rtasidagi “auktsion” bo‘lishi kutilmoqda.
“Ayntraxt”ning chap qanot himoyachisi Nataniyel Braunni Premier-ligaga ko‘chib o‘tishi haqida ancha vaqtdan beri gapiriladi, ammo TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klublari uning qarama-qarshi qanotdagi sherigiga ham qiziqmoqda.
So‘nggi oylarda Kollinsni “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Brayton” va “Brentford” skautlari kuzatib, uning jismoniy kuchi, tezligi va universalligiga yuqori baho bergan.
Kollins aslida “Borussiya Dortmund” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2023 yilda “Ayntraxt”ga o‘tganidan keyin salohiyati to‘liq namoyon bo‘la boshlandi. Nnamdi markaziy himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi.
Uning taraqqiyoti Germaniya terma jamoasiga birinchi chaqiruv bilan qayd etildi — Nnamdi sentyabrda debut qildi.
Fikrlar