APLning o‘zidan ikkita yulduz keladi! “Chelsi” tarkibni ham yangilay boshladi
“Chelsi” mutasaddilari jamoa yangi bosh murabbiy qidirish jarayonida jamoa tarkibini ham kuchaytirish masalasini e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilmoqda.
“Aristokratlar” jamoaga Angliya Premier-ligasining o‘zidan ikki nafar iqtidorli oʻyinchini jalb qilmoqchi.
Xususan, “Arsenal” tarbiyalagan hujumkor futbolchi Itan Nvaneri va “Aston Villa” yetakchisi Morgan Rojers “Chelsi” rahbariyatini nishoniga tushdi
Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Rojersning London klubiga koʻchib oʻtishi “yirik summadagi bitim” boʻlishi mumkin.
Shuningdek, “Chelsi” oʻtgan yozdagi muvaffaqiyatsiz urinishga qaramay, 18 yoshli Nvanerini yana oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilib koʻradi.
Fikrlar