
Aprel oyining eng yaxshisi kim bo‘ladi? (Foto)
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisini aniqlab keladi.
Aprel oyida Superligada bitta, O‘zbekiston kubogida esa 3 ta bahslar bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar:
Shohruh Abdurahmonov ("So‘g‘diyona") – 3 o‘yin, 2 gol, 2 assist.
Joel Kojo ("Dinamo") – 4 o‘yin, 3 gol, 1 assist.
Jahongir Abdusalomov ("Surxon") – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.
Fikrlar