
AQSh safari oldidan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati e’lon qilindi
Bugun O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi navbatdagi yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Midori Honda murabbiyligi ostidagi jamoa 2-5 aprel kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlarini olib boradi. Shundan keyin vakilalarimiz AQSh ayollar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Ogayo shtatiga jo‘nab ketishadi.
Yaponiyalik mutaxassis tomonidan Toshkentdagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing
Ma’lumot uchun:
1-o‘yin
AQSh — O‘zbekiston
Toshkent v.b 10-aprel soat 02:30
(mahalliy v.b 9-aprel soat 17:30)
Kolumbus, Ogayo
2-o‘yin
AQSh — O‘zbekiston
Toshkent v.b 13-aprel soat 04:00
(mahalliy v.b 12-aprel soat 19:00)
Filadelfiya, Pensilvaniya
Fikrlar