
AQSh yirik musobaqaga mezbonlik qilishi mumkin
Oldinda turgan Amerika kubogi musobaqasi AQShga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Inside Sport nashri xabar bermoqda.
Ushbu vaziyatda Venesuela, Chili va Ekvador ham musobaqani o‘zida qabul qilishga tayyor. Biroq tashkilotchilar uchun AQSh varianti afzalroq deb hisoblanmoqda.
Aslida ushbu musobaqa Argentina va Kolumbiyada o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq Kolumbiyadagi tartibsizliklar tufayli ushbu mamlakat mezbonlik huquqidan mahrum etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Argentinaga kelsak, bu erda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat jiddiy. Shu sababli Argentinada barcha futbol musobaqalari to‘xtatilgan.
Amerika kubogi joriy yilning 11 iyunidan 10 iyuliga qadar o‘tkaziladi.
Fikrlar