Asosiy mazmunga oʻtish

Arab kubogi. BAA penaltilar seriyasida Jazoirni mag‘lub etib, yarim finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi

Arab kubogining chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv ham o‘z nihoyasiga etdi. 
 
"D" guruhidan 7 ochko bilan keyingi bosqichga chiqqan Jazoir chorak finalda Birlashgan Arab Amirliklariga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi (7:6). O‘yinning asosiy vaqti esa 1:1 hisobi bilan yakunlangan edi. 
 
To‘qnashuvning 46-daqiqasida Bolbina hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi, lekin 64-daqiqada Konseysau oradagi farqni yo‘qqa chiqazib, hisobni tenglashtirdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, BAA yarim finalda Marokash bilan kuch sinashadi. Saudiya Arabistoni esa Iordaniya bilan bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q