Asosiy mazmunga oʻtish

Arab kubogi. Marokash qo‘shimcha bo‘limlarda Iordaniyani mag‘lub etib, chempionlikka erishdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Final bellashuvi yakunlandi

Arab kubogining final bosqichidan o‘rin olgan Iordaniya - Marokash klublari ishtirokidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgan gol evaziga Marokash terma jamoasi Iordaniyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Dastlab, to‘qnashuvning 4-daqiqasida Tannan maydon markazidan super gol urib, o‘yindagi hisobni ochgan edi. 48 va 68-daqiqalarda esa Olvan dubl muallifi bo‘lib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 87-daqiqaga kelib, Hamdalla oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi (2:2). O‘yinning asosiy vaqti durang bilan tugagani bois, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l olishdi. 100-daqiqada Hamdalla Marokashning 3-goliga mualliflik qildi va jamoasiga g‘alabani taqdim etdi. 
 
Bu orqali, Marokash Arab kubogi sohibiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q