Arauxoning qancha muddatga safdan chiqgani ma’lum

  • 8 iyul, 2024, 15:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay terma jamoasi va "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo Kopa Amerika chorak finalida Braziliyaga qarshi o‘yinning 33-daqiqasida son qismidan olgan jarohati tufayli almashtirilgandi.

"Jarohat jiddiy, zararlangan qism yallig‘langan va chuqur tibbiy ko‘rikdan ma’no yo‘q", - dedi Urugvay terma jamoasi shtabidagi manba.

Shuningdek, Arauxoning jarohatdan tiklanishi 8 haftagacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda. Futbolchi Xansi Flik qo‘l ostida 10 iyulda boshlanadigan "Barselona" bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, tibbiy prognozlar tasdiflansa, 25 yoshli himoyachi avgust oyida La Liganing ilk turini o‘tkazib yuboradi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!