Arbeloa durang uchun g‘aroyib bahoni topdi

  • 11.04.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” Ispaniya chempionatining 31-turini boshlab berdi va o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Jirona”ni yengolmay, qimmatli ochkolarni yo‘qotdi.

O‘z maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynagan madridliklar La Liga peshqadami “Barselona”dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda olti ochkoga ortda qolmoqda va jamoa amalda chempionlik kurashidan chiqib bo‘lgan.

Alvaro Arbeloa “Jirona”ga qarshi o‘yindan keyin ochko yo‘qotish sabableri haqida fikr bildirdi.

- Har qanday raqibni mag‘lub etish uchun 200 foiz kuch bilan o‘ynash kerak. Biz esa har doim hatto imkoniyatlarimizning 90 foizini ham ishga solmayapmiz.

Agar sen o‘zingdan kuchsiz jamoalarga qarshi ishonchli o‘ynamoqchi bo‘lsang, to‘liq kuch berishing shart. Aks holda bunday tasodiflar tez-tez takrorlanadi, - dedi Alvaro Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!