Arbeloa: "Florentino Peres — "Real" tarixidagi eng muhim shaxslardan biri"

  • 17.01.2026 22:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klub muxlislarining prezident Florentino Peresga nisbatan noroziligi haqida fikr bildirdi.

La Liga doirasida "Levante"ga qarshi o‘yinda (2:0) "Real" muxlislari tribunalarida "Florentino, ket!" deb qichqirib, futbolchilarni ham hushtak bilan qarshi olgan edi. Shuningdek, o‘yin oldidan Madrid ko‘chalarida Peresni tanqid qiluvchi bannerlar ham paydo bo‘lgan.

— Bu hushtaklar va kampaniyalar qaerdan kelayotganini yaxshi bilaman. Bular Florentinoni yoqtirmaydiganlar emas, balki "Real"ni yoqtirmaydigan odamlar tomonidan qilinayotgan ishlar.

Ular meni alday olmaydi. Florentino Peres — Santyago Bernabeu bilan bir qatorda "Real" tarixidagi eng muhim shaxslardan biri. Biz, "Real" muxlislari, Florentino bu klub uchun nimalar qilganini juda yaxshi bilamiz.

Bu hushtaklar qaerdan kelayotganini ham yaxshi bilamiz, — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!