Arbeloa jamoaning jismoniy holati haqida: "Barcha javobgarlik mening zimmamda"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning hozirgi jismoniy tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq madridliklar Ispaniya kubogining 1/8 finalida "Albasete"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu bahs Xabi Alonso ketganidan keyin Arbeloa boshchiligida o‘tkazilgan ilk o‘yin bo‘ldi.
— Jamoaning jismoniy holatini qanday baholaysiz? — degan savolga javoban Arbeloa quyidagilarni aytdi:
— Nima deyilayotganidan xabardorman va ochiq aytaman: agar kimdir mening so‘zlarimni Xabi Alonsoga nisbatan tanqid sifatida qabul qilmoqchi bo‘lsa, bunday bo‘lmaydi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri bo‘ladi.
"Albasete"ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan holatlar g‘oyalar, o‘yin, jismoniy tayyorgarlik yetishmasligi va boshqa ko‘plab omillar natijasi edi. Bularning barchasi uchun javobgarlikni men o‘z zimmamga olaman.
Antonio Pintus bilan birgalikda futbolchilarni barcha jihatdan eng yaxshi holatiga qaytarish ustida ishlaymiz, — dedi Arbeloa.
Fikrlar