Arbeloa Kamavinga haqida: "U biz uchun juda muhim futbolchi bo‘ladi"

  • 09.04.2026 13:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Eduardo Kamavinga haqida iliq fikr bildirdi.

Avvalroq futbolchi o‘z o‘yinini yanada yaxshilashni xohlayotganini aytgandi. Matbuot anjumanida bu haqida gapirgan Arbeloa Kamavinganing salohiyatiga yuqori baho berdi.

"Kamavinga ajoyib futbolchi. U o‘ziga juda katta talab qo‘yadi, jismoniy sifatlari ham yuqori darajada. Eduardo zamonaviy futbolga juda tez moslashadi.

Albatta, biz doim o‘sishni xohlaymiz va unga nimani kutayotganimizni aytib boramiz. U biz uchun juda muhim futbolchi bo‘ladi", — dedi Arbeloa.

Joriy mavsumda Eduardo Kamavinga "Real" safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!