Arbeloa: Men bor ekanman “Real”da bir daqiqa ham o‘ynamaysan!
Madridning “Real” klubiga yanvar oyida bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin Alvaro Arbeloa futbolchilardan biri bilan ziddiyatga kirishgan.
AS nashri xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis jamoa himoyachisi Fransisko Garsiyaga: “Mening qo‘l ostimda bir daqiqa ham o‘ynamaysan”, - deb uqtirgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Arbeloning qanot himoyachisi Alvaro Karreras bilan munosabatlarida ham taranglik yuzaga kelgan.
Futbolchi murabbiyning ayrim qarorlarini shubha ostiga qo‘yganidan keyin Arbeloa unga: “O‘zing murabbiylik litsenziyasini ol”, - degan va oraga sovuqlik tushgan.
Ta'kidlanishicha, ispaniyalik mutaxassis Madrid klubiga kelganidan beri Garsiya barcha turnirlarda atigi 10 ta uchrashuvda ishtirok etgan xolos.
26 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar