Arbeloa: "Men kelajagim haqida o‘ylamayman, faqat qolgan o‘yinlar muhim"

  • 20.04.2026 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men o‘z kelajagim haqida umuman xavotir olmayapman. Hozir men uchun faqat qolgan yetti o‘yin muhim, ayniqsa ertangisi. Men faqat shu haqida o‘ylayapman", — dedi Arbeloa.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa joriy yilning yanvar oyida "Real" bosh murabbiyiga aylangan va bu lavozimda Xabi Alonsoni almashtirgan.

31 turdan so‘ng "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Barselona"dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Shuningdek, "Real" Chempionlar ligasidan chiqib ketgan — madridliklar Myunxenning "Bavariya" jamoasiga har ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!