Arbeloa “Real”ning alamli mag‘lubiyatiga kim aybdor ekanini aytdi
Ispaniya chempionatining 26-turida “Real” o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qilib, kutilmaganda alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida Satriano tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarning kichik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
O‘yindan keyin madriddliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
- Men aybdorman. Bu faqat mening xatom. Bugungi o‘yindagi jasoratidan keyin futbolchilarimni ayblay olmayman. Ishlarimizni yaxshilash va o‘yinimizni kuchaytirish uchun salohiyatimiz bor, lekin asosiy javobgarlik mening bo‘ynimda, - dedi Alvaro Arbelov.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Real”ning natijalari pasayib borayotgan Alvaro Arbeloaning klubdagi kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
Fikrlar